Ana səhifə

Word dasturi juda ko`p imkoniyatga EGA. Foydalanuvchilar, odatda, uning faqat asosiy imkoniyatlaridan foydalanadilar. Word


Yüklə 34.97 Kb.
tarix22.06.2016
ölçüsü34.97 Kb.


WORD

WORD muharriri Microsoft firmasining mahsulidir. Xozirgi kunda uning WORD 6.0, WORD 7.0, WORD 8.0, turlari (versiyalari) keng tarqalgan va ushbu muharrirlar faqatgina WINDOWS dasturi muhitida ishlaydi. Bu tipdagi muharrirlarning DOS uchun ham turlari mavjud bo`lib, muharrirlar nomida <> so`zi yozilgan bo`ladi.

WORD dasturi juda ko`p imkoniyatga ega. Foydalanuvchilar, odatda, uning faqat asosiy imkoniyatlaridan foydalanadilar.

WORD 7.0 ko`p funksiyali muharrir bo`lib u WINDOWS 95 muhitida ishlaydi. Ushbu muharrir ko`pgina imkoniyatlarga egaligi va qulayligi tufayli foydalanuvchilarning keng doirasini o`ziga jalb etdi. Bu muharrir yordamida Siz yangi matnni kiritish, matnni tayyor shakl asosida kiritish, xatlarni qo`yilgan talablarga asosan tayyorlash, manzillarga jo`natish, rasm, grafik, jadval va diagrammalardan foydalanish: matnni chop etishdan avval ekranda ko`zdan kechirish, matnni kiritishda imlosini tekshirish va boshqa bir qator amallarni bajarishingiz mumkin.

WORD muharririning asosiy tushunchalari tavsifi.

WORD muharririda ba`zi bir tushunchalar mavjud. Bu tushunchalarning tavsifini keltiramiz.

  • Avtomatn - matn kiritilayotganda ayrim so`z, ibora va jumlalarni bir necha bor yozishga to`g`ri keladi. Ularni qayta yozish zarur emas. Avtomatn buyrug`i ularni yozadi.

  • Avtomuharrir – matnni kiritish jarayonida ayrim xatolar tez-tez takrorlanadi. Bu xatolarni matn kiritilayotganda avtomatik ravishda to`g`rilash mumkin. Bu amal avtotahrir qilish deb ataladi va uni Avtomuharrrir bajaradi.

  • Asboblar paneli – tugmalar majmuidan iborat bo`lgan panel. Bunda, tugmani bosish natijasida biror buyruq bajariladi. Har bir tugma aniq vazifa va nomga ega. Buyruqni bajarish yoki bekor qilish uchun tugma (usti)da <> chap tugmasini bir marta bosishingiz zarur.

  • Formatlsh – bu hujjat shaklini o`zgartirishdir. Bunda shriftlarni tanlashingiz, ta`kidlanishi zarur bo`lgan so`z va iboralarni ajratishingiz, abzas chegaralarini tekislashingiz, satrlar orasidagi masofalarni o`zgartirishingiz mumkin.

  • Avtoformat – mavjud shakllar asosida matnni formatlsh.

  • Kolontitul – har bir sahifaning yuqori yoki quyi qismida yoziladigan biror-bir ma`lumot. Masalan, hujjatning nomi, hujjat avtori, mos sahifa raqami, sana va vaqt va hokazo bo`lishi mumkin.

  • Konteks menyusi - <>ning o`ng tugmasi yordamida hosil qilinadigan menyu. Tanlangan ob`ektga mos ravishda menyu ham o`zgarib turadi.

  • <> - (mouse) hozirgi zamon kompyuterlarining ajralmas qismi bo`lib, odatda, 2 yoki 3 tugmali bo`ladi. Agar Sizdan <>ning tugmasini tugmasini bosing>>, deb so`ralsa, <>ning chap tugmasini bosish zarur bo`lsa, <>ning o`ng tugmasini bosing deb aniq so`raladi.

WORD muharririning asosiy imkoniyatlari.

WORD muharriri quyidagi imkoniyatlarga ega:



  • matnlarni kiritish va tahrir qilish;

  • matnni chop etishda avval ekranda uning shaklini ko’zdan kechirish;

  • hujjatlarning tayyor shakllari bilan ishlash;

  • formatlash usullaridan foydalanish;

  • xatlarni amaldagi qoidalar asosida tayyorlash;

  • blankalarni tayyorlash;

  • jadvallar bilan ishlash;

  • zarur holda yordamchi ko’rsatma berish;

  • formulalar yozish;

  • imloni tekshirish;

  • so’zlarni bo’g’inlab ko’chirish

  • WINDOWS ilovalari ma’lumotlaridan foydalanish;

  • WORD Art yordamida reklamani matnlar tayyorlash

  • diagrammalar va grafiklar, rasmlar va h.k. lar chizish

WORD muharririning oynasi

WORD muharriri ishga tushgandan keyin ekranda muharrir oynasi hosil bo’ladi. Oynaning ayrim elementlari WINDOWS sistemasi ishlaydigan barcha dasturlarda uchraydi, ayrimlari esa WORD muharririga tegishlidir.


Asboblar paneli

Asosiy menyu satri

Chizg’ich

Holat satri

O’tkazish yo’lakchasi

Sarlavha satri


WORD muharriri oynasi birlamchi va ikkilamchi oynadan iborat. Birlamchi oyna orqali matn ustida bajariladigan barcha amallarni bajarish mumkin. Ikkilamchi oynada esa faqat matn yoziladi. Birlamchi oyna asosiy oyna hisoblanadi.

Sarlavha va menyu satri.

WORD oynasi yuqori qismida sarlavha satri joylashadi:

Unda sistemali menyu tugmasi, xujjat nomi, kichraytirish va kattalashtirish tugmalari joylashgan. WORD ishga tushganda faykga <<ДОКУМЕНТ 1>> nomi beriladi. Bir necha hujjat bilan nomning raqami o`zgaradi, ya`ni <<ДОКУМЕНТ 2>> va hokazo. Yangi matnga <<ДОКУМЕНТ>> nomi beriladi. Bu nom hujjatning nomi o`zgartirilgandan so`ng o`zgaradi.

Sarlavha satridan so`ng menyu satri joylashadi:

Menyuning zarur buyruqlari tanlanadi. Quyida menyu buyruqlari tavsifi batafsil keltiriladi.



Asboblar paneli

Menyu satridan so`ng turli asboblar panellari joylashadi. Bu panellar turli tugmalardan tashkil topgan, har bir tugma WORD muharririning biror buyrug`ini anglatadi. Buyruq bajarilishi uchun panelning mos tugmasi ustida <> tugmasini bosish yetarli bo`ladi. Agar oynada kerakli asboblar paneli bo`lmasa <<ВИД>> menyusining Панели инструментов buyrug`ini tanlash kerak. Ekranda shu buyruqning quyidagicha muloqot oynasi hosil bo`ladi.



Список панелей инструментов bo`limida asboblar panellarining ro`yxati keltiriladi. Bu yerda kerakli asboblar panelini <> yordamida tanlshingiz mumkin.

Asboblar panelini sozlash oynasining asosiy bo`limlari bilan tanishib chiqamiz:

  • Цветные кнопкиasbolar panelidagi tugmalarni har xil ranglarda ko`rsatilishini ta`minlaydi.

  • Всплывющие подсказкиasboblar panelidagi tugmalar ustiga <> ko`rsatkichi keltirilsa, shu tugmaning vazifasi haqida ma`lumot paydo bo`ladi.

  • Крупные кнопкиasboblar panelidagi tugmalar ekranda kattaroq ko`rinadi.

  • Сочтание клавишasboblar paneli tugmalari vazifasini klaviaturadagi tugmalar orqali bajarishga o`tkazadi.

  • Создать yangi asboblar paneli tashkil qilinishi mumkin.

  • Настройка - mavjud asboblar paneliga qo`shimcha tugmalar qo`shis.

Asboblar panelini WORD oynasiga yo`lakcha yoki oyna shaklida o`rnatish mumkin.


Matnni formatlash.

Matn belgilarini formatlash.

Belgilarni formatlsh deganda matndagi belgilarning ko`rinishi va o`lchamini o`zgartirish tushuniladi.

Bu jarayonni amalga oshirishda bir necha usullar mavjud:

1. <<Форматирование>> asboblar panelidan foydalanib o`zgartirish.

Matnning kerakli qismi belgilab olinadi , <<Форматирование>> asboblar satrining Шрифт maydonchasidan belgilarning ko`rinishini, Размер шрифта maydonchasidan esa o`lchamini o`zgartirish mumkin.

2. <<ФОРМАТ>> menyusidagi Шрифт buyrug`idan foydalanib o`zgartirish.


Abzasni ro`yxatlash (raqam va belgilar bilan)

WORDda ma`lum abzaslarni boshqa abzaslardan farqlanib turishi maqsadida har xil ko`rinishda raqamlab va belgilab qo`yish imkoniyati mavjud. Bitta abzasni raqamlash yoki belgilash uchun kursor shu abzasning ixtiyoriy satriga qo`yiladi, ketma – ket kelgan bir necha abzaslarni esa avval belgilab olinadi, so`ngra mos buyruqlardan biri tanlanadi. Abzas raqami va belgisi ko`rinishini o`zgartirish uchun <<ФОРМАТ>> menyusidagi Список buyrug`i tanlanadi. Ekranda abzas raqamlari va belgilarini o`zgartirishning quyidagi muloqot oynasi paydo bo`ladi:

Hujjatga jadval o`rnatish.

Matnni ustunlarga yozishda tabulyator o`rniga jadvaldan foydalanish mumkin. Shu bilan birga jadvallar matnni ustunlar ko`rinishida tasvirlash yoki matnni grafiklar yoniga joylashtirish qulayliklar tug`diradi.

Jadval – ustun va satrlarda joylashgan katakchalardan iborat, bu katakchalarni matn va grafiklar bilan to`ldirish mumkin. Katakchalar matnning hajmiga mos ravishda vertikal kengayib boradi.Siz yangi jadval tashkil qilib, uning bo`sh katakchalarini to`ldirishingiz, bu jadvalga yangi satrlar va ustunlar kiritish, ortiqcha katakcha, satr yoki ustunlarni olib tashlash, ustunlar kengligini o`zgartirish, matnni tartiblash, chegaralar va shtrixovkalar qo`shish bilan o`zgartirish kiritishingiz mumkin.

Hujjatga jadval qo`yishni amalga oshirishning bir necha usullari mavjud.

1 – usul.

1. Jadval tuziladigan joyga kursor keltiriladi.

2. Стандартная asboblar panelidagi Вставить таблицу tugmasi ustida <>ning chap tugmasini bir marta bosiladi.

3. <> tugmasini qo`yib yubormasdan to`r bo`ylab yetarlicha sonli ustun va satrlar tanlangach, <>ning tugmasini qo`yib yuboriladi.
2 – usul.

<<ТАБЛИЦА>> menyusining Вставить таблицу buyrug`i tanlanadi va quyidagi oyna paydo bo`ladi.

Bu yerda:



  • Число столбцов – jadvaldagi ustunlar sonini ko’rsatadi.

  • Число строк – jadvaldagi satrlar sonini ko’rsatadi.

  • Ширина столбца – ustunlar kengligini ko’rsatadi.

  • Автоформат – jadvalning ko’rinishini o’zgartirishda tayyor maketlardan foydalaniladi.

Стандартная – asboblar panelidan foydalanib, jadval tuzilganda, jadvalning ustunlari kengligi sahifa kengligiga mos ravishda aniqlanadi.

<<ТАБЛИЦА>> menyusidan foydalanilsa jadval ustunlari kengligini ixtiyoriy qilib tanlash yoki tayyor jadvallardan foydalanish mumkin.

www.UzReferat.ucoz.net



Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©kagiz.org 2016
rəhbərliyinə müraciət